
Aguero: Boshqa futbolchilar u tufayli MLSga ko‘chib o‘tishni o‘ylaydi
Serxio Aguero Lionel Messining MLSga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Kecha argentinalik hujumchi "Inter" Mayami" futbolchisi sifatida tanishtirildi.
"Leo Mayamida ekanligidan juda xursandman. Men shu erda yashayman va biz bu onlardan zavq olishga harakat qilamiz. Ko‘pchilik uni televizorda ko‘rishdan zavqlanadi va endi ular Leoni jonli ko‘rishlari mumkin.
Do‘st sifatida suhbatlashganimizda qaerga borishini so‘ramaslikka harakat qildim. Ba’zan undan nima qilmoqchi ekanligini so‘radim. U menga: "Meni mangalda kuting, hamma narsani tayyorlang, u erga boraman", deb javob berdi.
Messi MLSni o‘zgartirishi aniq. Boshqa futbolchilar aynan u tufayli bu erga ko‘chib o‘tishni o‘ylaydi. MLS o‘sishda davom etishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz", - dedi Aguero.
Fikrlar