
Aguero "Barselona"da 4 barobar kam maosh oladi
"Barcelona" jamoasining yangi hujumchisi Serxio Aguero Kataloniya klubiga o‘tish uchun oylik maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘ldi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, 33 yoshli argentinalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” safida yiliga 6 million evro maosh oladi. Aytish kerakki, u "Manchester Siti"da yiliga 23 million evro maosh olar edi. Bundan tashqari shartnomaga ko‘ra unga maxsus bonuslar ham berilardi.
Qayd etilishicha, Aguero "Yuventus"dan yaxshiroq taklifga ega bo‘lgan, ammo "Barsa"ga do‘sti Lionel Messi bilan birga o‘ynash uchun o‘tgan.
Aguero “shaharliklar” safida 2011 yildan 2021 yilga qadar to‘p surdi. U o‘tgan 10 yil davomida o‘z hisobiga 260 ta gol hamda 73 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi kecha "Barselona" bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar