
AGMKning yangi transfer qilgan futbolchilari yig‘inda qatnashmoqda (Foto)
AGMK 5 yanvardan e’tiboran yangi mavsumga tayyorgarlik qismining 2-bosqichini Toshkentda boshladi. Ayni payt jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirish uchun kuni 2 mahal mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bu haqqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, yangi qo‘shilgan futbolchilar — Anzur Ismoilov, Andrey Mishenko, Abdulla Abdullaev va Xurshid G‘iyosov olmaliqliklar mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Fikrlar