
AGMKning raqibi o‘zgardi
Xabaringiz bor, AGMK ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga taraddud ko‘rmoqda.
Jamoa yig‘in doirasida 5ta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozirga qadar olmaliqliklar ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazishga ulgurdi. Qozog‘istonning «Kaspiy» klubi mag‘lub etilgan bo‘lsa, Rossiyaning «Nefteximik» jamoasi bilan o‘yinda (3:4) mag‘lubiyat kuzatildi.
Rejaga ko‘ra Mirjalol Qqosimov shogirdlari navbatdagi o‘yinni 15 fevral kuni Gruziyaning «Sioni» jamoasi bilan nazorat bellashuvi o‘tkazishi lozim edi. Biroq Gruziya klubining Antaliya yig‘ini bekor bo‘lgani tufayli AGMK ushbu sanada Latviya birinchiligi peshqadami «Auda» bilan kuch sinashadi. So‘ngra yig‘in doirasidagi navbatdagi ikki bahsni Serbiyaning «Indjiya» va Qozog‘istonning «Atirau» jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
Nazorat o‘yinlari jadvali:
7 fevral
AGMK - «Kaspiy» (Qozog‘iston) 2:0
10 fevral
AGMK - «Nefteximik» (Rossiya) 3:4
15 fevral
AGMK - «Auda» (Latviya)
17 fevral
AGMK - «Indjiya» (Serbiya)
19 fevral
AGMK - «Atirau» (Qozog‘iston)
Fikrlar