AGMKning gruziyalik hujumchisi yana sobiq klubiga qaytdi

  • 5 yanvar, 2021, 07:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi klub ham yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlagan va tabiiyki, tarkibda ham asta-sekin o‘zgarishlar yuz beryapti.

Tecno

Masalan, saytimiz orqali “Surxon”da to‘p surgan hujumchi Aleksandr Kasyanning AGMK bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berildi. Shu o‘rinda Olmaliq jamoasini tark etayotgan futbolchilar ham bor.

Yodingizda bo‘lsa, dastlab turkmanistonlik Arslanmirat Amanovning ketganiga to‘xtalib o‘tgandik, endi gruziyalik hujumchi Mate Vattsadze ham jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.

O‘tgan yilgi 21 ta uchrashuvda 5 ta gol urgan gruziyalik hujumchining AGMK bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan. Bu yilgi mavsumni esa, “Qizilqum” safida boshlaydi. 

Qizig‘i, legioner o‘yinchi AGMKga aynan “Qizilqum” orqali qo‘shilgandi. Ko‘rib turibsizki, Vattsadze yana sobiq jamoasiga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!