AGMKni uchta futbolchi tark etdi

  • 7 yanvar, 2020, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turli yillarda olmaliqliklar sharafini himoya qilgan darvozabon Akbar To‘raev va yarim himoyachi G‘ulomHaydar Gulyamov AGMK bilan xayrlashdi.

Tecno

Shartnomasi yakunlangani bois jamoani tark etgan Akbar To‘raev hamda G‘ulomHaydar Gulyamovga AGMK libosidagi o‘yinlari va mehnatlari uchun klub minnatdorchilik bildirdi hamda bu ikki futbolchining kelasi faoliyatida omad tiladi.

Shuningdek, o‘tgan mavsum yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga qo‘shilgan va elitada debyut qilgan Kamron Saydazimov ham jamoani tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar o‘tgan mavsumda AGMKda o‘ynagan San’at Shixov jamoani tark etgandi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan jamoa ikkinchi yig‘inni 3 yanvardan boshlab AGMK qarorgohi bo‘lib turgan Do‘rmonda kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazgan holda olib bormoqda.

Manba: AGMK telegram rasmiy kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!