
AGMK Olmaliqda "Lokomotiv"ni taslim qildi va mavsumni g‘alaba bilan boshladi (video)
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 1-turida “Lokomotiv” safarda AGMK mehmoni bo‘ldi.
Olmaliqdagi o‘yin 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “konchilar” safida gollarni Elvin Fortes (3') va Aleksandr Kasyan (74') kiritgan bo‘lsa, “temiryo‘chilar”ning javob goliga Sanjar Qodirqulov (36') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar