AGMK G‘ofurovni ijaraga oldi

  • 31 avgust, 2020, 18:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK futbol klubi jamoa tarkibiga yangi futbolchi qo‘shib oldi. O‘tgan mavsumda "Paxtakor" safida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan hujumkor vinger - Husniddin G‘ofurov endilikda AGMK a’zosiga aylandi. Husniddin G‘ofurovning transferi yil yakuniga qadar "Paxtakor"dan ijara asosida qo‘lga kiritildi. Bu haqda Olmaliq klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Futbolchi joriy mavsumning birinchi davrasini "Surxon"da o‘tkazdi. Ikkinchi davradan e’tiboran, Husniddin G‘ofurov AGMK libosida maydonga tushadi.

Shuningdek, yil boshida "Qizilqum"ga ijaraga berilgan Nizomiddin Ziyovutdinov yana AGMKga qaytdi.

Husniddin G‘ofurov 94-raqam ostida, Nizomiddin Ziyovutdinov esa, 1-raqamda harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!