Agent: Isko "Real"dan ketmoqchi emas

  • 21 noyabr, 2020, 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" xavbeki Iskoning agenti mijozining “Qirollik klubi”dagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Iskoning boshqa jamoaga o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi, ammo biz boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazmayapmiz. Isko “Real”dan ketmoqchi emas”, - dedi agent.

Bundan avvalroq, Karlo Anchelotti ham Iskoning “Everton”ga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarni inkor etgan edi.

Isko “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!