Agent: Beyl – “Real” futbolchisi

  • 14 may, 2019, 18:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uelslik vinger Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining "Real"dagi kelajagi borasida yana bir bor gapirib o‘tdi.

Tecno

“Garetda hammasi yaxshi. U – “Real” futbolchisi va uning ushbu klub bilan 3 yillik shartnomasi bor. Agar u tarkibdan joy olsa, o‘ynashga tayyor.

Unga nimalar qilinayotganini esa janob Zidandan so‘rashingiz kerak. Lekin, Beyl harakat qilishda davom etadi”, - deydi agent.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beyl yozda Xitoy klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!