Agar MYu Chempionlar Ligasiga chiqsa, "Barsa" himoyachisini sotib olishga urinib ko‘radi

  • 5 may, 20:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachi Ronald Arauxoni sotib olish uchun "Barselona"ga taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri Football365 manbasiga tayanib xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" ushbu transfer bo‘yicha rasmiy taklifni faqatgina kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan taqdirdagina bildiradi.

Hozirda "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasida 15-o‘rinda bormoqda. Ruben Amorim jamoasi Chempionlar ligasiga yo‘l olish uchun Evropa ligasida g‘alaba qozonishi kerak. Jamoa o‘tgan haftada safarda "Atletik"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga yaqinlashdi.

Transfermakrt portali 26 yoshli urugvaylik himoyachining narxini 50 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Arauxo 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!