
Agar Messi "Barselona"ni tark etadigan bo‘lsa, bizning oldimizga keladi
Argentinaning «Nyuells Old Boyz» klubi vitse-prezident Kristian D’Amiko "Barselona" sardori Lionel Messining jamoaga o‘tish imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
— Agar Messi «Barselona»ni tark etsa, u bizning oldimizga keladi. Men allaqachon Argentina federatsiyasi prezidenti bilan gaplashdim. U bizga bu borada yordam beradi. Chunki federatsiya rahbari Leo bilan yaxshi do‘st, - dedi D’Amiko.
Messining o‘zi ham "Barselona"ni tark etadigan bo‘lsa yurtiga qaytib o‘zi uchun qadrli bo‘lgan «Nyuells Old Boyz» klubida faoliyatini yakunlashini bir necha bor aytib o‘tgandi.
Fikrlar