Agar Dmitriy Bivol Devid Benavides bilan jang qilsa, super miqdorda gonorar oladi!

  • 26 mart, 15:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Jahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol amerikalik Devid Benavides bilan jang uchun juda katta gonorar olishi mumkinligini aytdi.

"Bivol Artur Beterbiev bilan revanshda 2,7 million dollar ishlab oldi. Hozir esa unga Benavides bilan jang uchun sakkiz million dollar taklif qilishmoqda. Demak, bu ham Dmitriy uchun ajoyib imkoniyat. Umid qilamanki, Bivol va Benavides o‘rtasidagi to‘qnashuv tez orada bo‘lib o‘tadi" - deya Sulaymonning so‘zlarini keltirdi "Boxing Voice".

Ma’lumot uchun, WBC tashkiloti Bivolga Benavidesga qarshi chempionlik himoyasini o‘tkazishni buyurganiga qaramay, rossiyalik bokschining jamoasi Artur Beterbiev bilan trilogiya tashkil etishni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!