Agar Ashurmatov "Turon" bilan yana qoniqarsiz natija qayd etsa...

  • 18 mart, 2023, 00:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 3-turidagi oxirgi o‘yin Yaypanda “Turon” hamda “Surxon” klublari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Aynan mazkur qarama-qarshilik orqali tur yakuniga etadi. Lekin ushbu oxirgi uchrashuvga ham muxlislar befarq emaslar. Boisi, bu uchrashuvga qiziqish yuqoriligining o‘ziga yarasha sabablari bor.

Tecno

Pro ligadan yana Superligaga qayta olgan “Turon”ning elitaga qaytishi hozircha suyukli ishqibozlari kutgan darajada omadli chiqmayapti. Bu xuddi 2021 yili Superligadagi startini eslatib yuboryapti. Yaxshi bilasiz, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Turon” katta maqsadlar bilan joriy mavsumda ishtirokini boshlagandi. Biroq hozircha natijalar qoniqarsiz. Avvaliga ilk turda “Buxoro”ni qabul qilgan “Turon” 1:2 hisobida yutqazib muxlislarini ranjitib qo‘ydi. Ayniqsa, raqibdan bir futbolchi ko‘p bo‘lib harakat qilgan “Turon”ning bunday mag‘lub bo‘lishi rahbariyat va murabbiylarni ham xafa qildi. 2-turda esa Qarshida “Nasaf”ga munosib o‘yin taklif qila oldi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugayotgan bir mahalda “Turon” qo‘shib berilgan daqiqaning oxirgisida ikkinchi golni o‘tkazib yubordi va ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham juda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olishiga to‘g‘ri keldi.

turon2

3-turda mezbonlarni g‘alabadan boshqasi qoniqtirmasligini ular yaxshi sezib turishibdi. Buning ustiga tarkibi kuchaytirilgan. Yaxshi nomlar bor. Ashurmatov ham Superligada tezroq “Turon” bilan g‘alaba hisobini ochish ilinjida yuribdi. Bu borada ular uchun “Surxon” qulay raqibmi? Klublarning o‘zaro o‘yinlar tarixi qanday? Hozircha uchrashuvlar statistikasi olislarga borib qadalmaydi. Yaqin ikki yillik ularni o‘zaro o‘yinlari haqida “so‘zlaydi”. “Turon” va “Surxon” jamoalari ilk bor 2021 yilgi mavsumning birinchi davrasida 19 may kuni to‘qnash kelishgan. O‘shanda “Surxon” mezbonligi ostida o‘tgan bahsda yagona gol “Turon”ning mag‘lubiyati uchun etarli bo‘lgan. Ikkinchi davradagi bellashuvda tomonlarning kuchi teng kelgan – 1:1. Navbatdagisi ularning o‘zaro uchinchi uchrashuviga aylanadi.

Ko‘rib turibsizki, “Turon” klubi hali “Surxon”ni mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqa olmagan. Darvoqe, bo‘lajak o‘yinda mehmonlar safida Artyom Filiposyan jamoasiga yordam bera olmaydi. U hamon diskvalifikatsiya muddatini o‘tayapti. Shu bois ushbu futbolchining “Surxon”dagi debyuti cho‘zilyapti. “Turon”da esa bunday o‘yinchilar yo‘q. Lekin bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchun juda muhim. Yuqorida aytganimizdek, u Superligada “Turon” ustozi sifatida tezroq g‘alabali hisobini ochishni istamoqda. Dastlabki ikkita bahsda buning ilojini qila olmadi. “Surxon” bilan uchrashuvda yaypanliklar g‘alabaga to‘liq ishonishyapti.

surxon fanat

“Surxon” dastlabki turda OKMKga 1:3 hisobida mag‘ul bo‘ldi. 2-turda “Andijon”ni 1:0 hisobida engdi. 3-turda nihoyat safarda o‘ynaydi. Shunday ekan, termizliklarni mehmonda qanday o‘yin ko‘rsatishini ko‘ramiz. Baribir ko‘pchilik mezbonlarning imkoniyatini yuqoriroq baholashyapti. Agar “Turon” Ashurmatov boshchiligida yana qoniqarsiz natija qayd etsa nima bo‘lishini bilasizmi?

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!