Agamurodovdan so‘ng "Dinamo"ni yana bir murabbiy tark etdi
Ko‘p yillardan buyon «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan samarqandlik sobiq futbolchi va murabbiy Rafael Balasanyan klub bilan rasman xayrlashdi, - bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bungacha «Dinamo» klubida bir qator mutaxassislar bilan birga faoliyat yuritib, yordamchi murabbiy lavozimida ishlab kelgan Rafael Balasanyanga Navoiyning «Qizilqum» klubidan taklif tushdi.
U «Dinamo» jamoasidan «Qizilqum» klubiga o‘tib, bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Tachmurod Agamurodovga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, «Dinamo» klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga aksariyat murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Shundan so‘ng bo‘shab qolgan murabbiylar shtabi ham shakllantiriladi.



Fikrlar