Afruza Hamdamova blits yo‘nalishida jahon chempioni

  • 19 avgust, 2019, 11:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 16 avgustida Rapid, Blits bo‘yicha III Jahon chempionati Belarussiyaning Minsk shahrida start olgani haqida xabar bergandik.

Tecno

16-19 avgust kunlarida bo‘lib o‘tadigan musobaqada 8,10 va 12 yoshli o‘g‘il qizlar qatnashishdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova(FIDE sport ustaligiga nomzod), Ozodbek Oybekov va Otabek Oybekovlar dona surishdi. Ruqiya o‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida blits yo‘nalishida 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida kumush medal sohibasi, Hamdamova Afruza esa blits yo‘nalishida chempionlikni, rapidda esa ikkinchi o‘rinni olgan edi.

Ushbu musobaqada Ruqiya Olimova rapidda kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa,  Afruza Hamdamova blits yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi. Yakunda, terma jamoamiz umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.

Natijalar:

RAPID:

  1. Ruqiya Olimova – 8,0 ochko bilan 2-o‘rin (8 yoshgacha)
  2. Afruza Hamdamova – 7,0 ochko bilan 4-o‘rin (10 yoshgacha)
  3. Ozodbek Oybekov – 5,5 ochko bilan 39-o‘rin (8 yoshgacha)
  4. Otabek Oybekov – 5,5 ochko bilan 38-o‘rin (8 yoshgacha)

BLITs:

  1. Afruza Hamdamova – 8,0 ochko bilan 1-o‘rin (10 yoshgacha) 2.  Ruqiya Olimova – 6,5 ochko bilan  (4-o‘rin) (8 yoshgacha)                                                                    
  2. Ozodbek Oybekov -  6,5 ochko bilan 12-o‘rin (8 yoshgacha)
  3. Otabek Oybekov – 5,5 ochko bilan 32-o‘rin (8 yoshgacha)

photo_2019-08-19_10-55-43

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!