
Afrikadan chiqqan eng zo‘r futbolchi kim?
Afrika iqtidorli futbolchilarga boy qit’a. Evropada ushbu mintaqa vakillarining ko‘pligi shundan dalolat beradi. Frantsiyaning o‘zidan 69 nafar charm to‘p ustasi Afrika Millatlar kubogida ishtirok etish uchun Evropani vaqtincha tark etdi.
Britaniyaning FourFourTwo jurnali futbol tarixidagi eng zo‘r afrikalik futbolchilar reytingni tuzdi.
Unga ko‘ra, “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh reytingning birinchi pog‘onasidan joy oldi.
Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:
Muhammad Saloh (hujumchi, Misr).
Jorj Vea (hujumchi, Liberiya).
Samuel Eto'O (hujumchi, Kamerun).
Dide Drogba (hujumchi, Kot-d'Ivuar).
Yaya Ture (poluzaщitnik, Kot-d'Ivuar).
Sadio Mane (hujumchi, Senegal).
Riyad Mahrez (hujumchi, Jazoir).
Abedi Pele (yarim himoyachi, Gana).
Maykl Essen (yarim himoyachi, Gana).
Jey-Jey Okocha (hujumchi, Nigeriya).
Fikrlar