
Afrika Millatlar kubogi. Keyingi bosqichga chiqqan 4 jamoa nomi ma’lum
Afrika Millatlar kubogi guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga etib bormoqda. Habaringiz bor, kecha 3-tur doirasidagi bahslarga start berilgandi.
"A" guruhida so‘nggi tur bahslari nihoyasiga etgach, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Kamerun 7 ochko bilan 1-o‘rinda, Burkina-Faso 4 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shuningdek, Nigeriya, Marokash terma jamoalari ham muddatidan oldin nimchorak final masalasini hal qildi. Ayni paytda ularning hisobida 6 tadan ochko mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bugun 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Fikrlar