Afoninning sobiq jamoadoshi Shomurodovga raqobatchi bo‘lishi mumkin

  • 20 may, 2020, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov” klubi “Orenburg” forvardi Jorje Despotovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Sergey Egorov xabar bermoqda.

Tecno

Bundan avvalroq Jorjega TsSKA klubi ham qiziqish bildirayotgan edi. Ammo, moskvaliklar ham, rostovliklar ham u talab qilayotgan yillik 1,2 mln evro maosh to‘lamoqchi emas. Ular ko‘pi bilan 700 ming evro taklif qilishi mumkin.

28 yoshli futbolchi “Orenburg” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum RPLda jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Orenburg" safida Vadim Afonin to‘p surgan bo‘lsa, hozirda "Rostov" sharafini boshqa bir hamyurtimiz Eldor Shomurodov himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!