
Afoninning jamoasi Turkiyadagi yig‘inni g‘alaba bilan boshladi
Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi davralar oralig‘ida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Bugun Afonin to‘p suradigan klub yig‘in doirasida ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Ularga Qozog‘istonning “Aktobe” klubi raqiblik qildi.
Ushbu o‘yinda rus klubi 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ikkinchi taymda maydonga tushirildi.
Nazorat o‘yini
“Orenburg” (Rossiya) – “Aktobe” (Qozog‘iston) 3:1.
Fikrlar