
Afonin jamoasining TsSKAga qarshi o‘yin vaqti xokkey sabab o‘zgartirildi
Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan "Orenburg" klubining Rossiya premer-ligasi 23-turidan o‘rin olgan TsSKAga qarshi bahsi boshlanish vaqti o‘zgardi. Bu haqda “armiyachilar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 13 aprel mahalliy vaqt bilan soat 16:30da boshlanishi rejalashtirilgan o‘yin soat 14:00ga ko‘chirilgan. Bunga sabab TsSKAning xokkey jamoasi shu kuni Gagarin kubogining final bosqich dastlabki bahsida “Avanganrd”ni qabul qiladi. Ushbu xokkey uchrashuvi esa soat 17:00da boshlanadi. Aksariyat muxlislarning talabidan kelib chiqib, rahbariyat yakunda shunday qarorga kelgan.
Fikrlar