AFL o‘zi nima? Yuzlab shinavandalarga jang qilish uchun muhit yaratib bergan liga haqida

  • 16 sentabr, 16:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqalarni tashkil etish masalasida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Ular orasida turnirlarni professional tarzda o‘tkazib kelayotgan AFL alohida e’tirof etishga loyiq. SPORTS.uz yuzlab futbol shinavandalarini maydonda jang qilishi uchun muhit yaratib berayotgan AFL loyihasi rahbari - Pak Vyacheslav bilan kichik suhbat uyushtirdi.

 

Tecno

 AFL o‘zi nima? 

Bu havaskorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan professional musobaqalar degani. Jamoalar xuddi professional klublar singari o‘zi tanlagan nom va emblemaga ega bo‘ladi va chempionat ko‘rinishidagi turnirda ishtirok etadi. Masalan, Mirobod tumanida bizni "Italiya ligasi", Shayxontohurda "Angliya ligasi" kabi turnirlarimiz bor. Unda g‘olib bo‘lganlar, o‘zaro o‘tadigan "Chempionlar ligasi" turnirida ishtirok etishi mumkin. O‘z divizionidagi kuchlilar boshqa ligalarni zo‘rlari bilan to‘qnash keladi. Barchasi katta futbolda bo‘lgani kabi yo‘lga qo‘yilgan. Agar jamoangiz bilan ishtirokchiga aylansangiz, qiziqib ketasiz. 

Buni g‘oyasi qanday keldi?

Bizning shior: "Futbol - barcha uchun", deb ataladi. Liga istalgan yoshdagi insonlar uchun doim ochiq. Millati, irqi va dinidan qat’iy nazar ular teng huquqli. Turnirlarimizda talabalar, ishbilarmonlar, amaldorlar, bozorlarda savdo qiladigan yigitlardan tortib, ko‘chadagi yoshlargacha ishtirok etadi. Liga: 

Mas’uliyatli bo‘lish bilan birgalikda, o‘z kuchiga ishonch va intizomni rivojlantiradi. 2. Bo‘sh vaqtni samarali va yoqimli tarzda o‘tkazish imkonini beradi.  3. Sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanish sababli sog‘lom turmush tarziga chaqiradi. 

Qanday mashhurlar bu erda to‘p surgan?

Katta nomlar bizda bor va doim bo‘lgan. Masalan Farhod Tojiev, Pavel Salomin, Aziz Ibragimov, Islom Inomov, Kamoliddin Murzoev singari terma jamoa sobiq a’zolari ayni damda ligamizdagi klublar sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, juda ko‘plab futbolchilar uchun biz o‘z sport formasini ushlab turish uchun imkoniyat yaratib beramiz. Jarohatdan forig‘ bo‘lib, maydonga qaytmoqchi bo‘lgan ko‘plab amaldagi futbolchilar bor. Futzal terma jamoasining 80-90 foizi haligacha turnirlarimizda ishtirok etmoqda. 

Boshqa havaskor ligalardan farqi nimada?

Bizni yo‘nalishimizda raqobat kuchli ekanligini sezgan bo‘lsangiz kerak, biroq qiziq bir narsa aytaman. Boshqa liga rahbarlari ham bizni turnirlarda shaxsan o‘zlari ishtirok etadi. Bu juda yoqimli. Bizdagi boshqaruv sistemasi, texnik imkoniyatlarimiz, statistik ma’lumotlar bazamiz va media imkoniyatlarimiz anchagina katta. Buni turnirlarimizda jamoasi bilan ishtirok etgan istalgan inson sezishi mumkin.  



Turnirlaringizdan birida ishtirok etish shartlari qanday?

Juda oson. Jamoa yig‘ish kerak. Bizda 5x5, 6x6, 7x7 va 8x8 formatidagi musobaqalar o‘tkaziladi. Shunchaki, jamoangizni AFL qaydnomasiga kiritib qo‘yishingizni o‘zi kifoya. Bizda bir nechta lokatsiya mavjud bo‘lgani bois, jamoalarga qulay bo‘lgan tumanlardagi stadionlarda o‘yinlarni o‘tkazamiz. 

Bir mavsum uchun qancha pul to‘lanadi? Moddiy tomondan imkoniyatlari qanday?

Ko‘pchilik mana shu erga kelganda doim hayron qoladi. Bir jamoa 10 oy davomida futbol o‘ynashi uchun 3-4 million so‘m to‘laydi, xolos. Boshqa hech qanday to‘lov yo‘q. Agar hisoblab chiqsangiz, maydon uchun to‘lanadigan puldan ham kamroq summa bu. Jamoasi AFLda ishtirok etishini istaganlar ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bizga aloqaga chiqishi mumkin. Barcha uchun eshiklarimiz ochiq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!