
AFF prezidentlik saylovlarida Shayx Salmonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Janubiy-Sharqiy Osiyo millatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) futbol federatsiyasiga a’zo mamlakatlar bir ovozdan OFK prezidenti uchun o‘tkaziladigan saylovlarda konfederatsiyaning amaldagi prezidenti bahraynlik Shayx Salmon bin Ibrohimni qo‘llab quvvatlashini bildirdi.
Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
- AFF shuni e’lon qiladiki, tashkilot bir ovozdan OFKning amaldagi prezidenti Shayx Salmon Ibrohim Al Xalifani prezidentlikning navbatdagi muddatga saylanishi uchun qo‘llab-quvvatlaydi.
AFF o‘z ichiga Avstraliya, Bruney, Kambodja, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Fillipin, Singapur, Tailand, Timor va Vetnamni qamrab oladi.
Qayd etish lozim, Shayx Salmon 2013 yildan buyon OFKni boshqarib kelmoqda.
Fikrlar