
"Adu-Dhabi Chess Festival". Vakillarimiz turnirda qanday ishtirok etyapti?
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida O‘ttizinchi Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi jami 104 ming 50 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi "Masterss", "Open A", "Open B" hamda "Juniors" guruhlarida bellashmoqdalar.
"Masters" turnirida 3-tur bahslari yakunlanish arafasida. E’tiborli jihati shundaki, mazkur guruhda hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev hozircha 3 ochko bilan 150 nafar shaxmatchi orasida peshqadamlik qilib turibdi.
3-turda vakillarimiz qayd etgan natijalar:
Javohir Sindarov 1 – 0 Alberto Barp (Italiya)
Saidakbar Saydaliev 0 – 1 Aranvinh (Hindiston)
Nodirbek Yakubboev 1 – 0 Harikrishnan (Hindiston)
Humoyun Begmurodov 0 – 1 Yagiz Kaan (Turkiya)
Muhammadzohid Suyarov 0 – 1 Jani Kushal (Hindiston)
Shamsiddin Vohidov 0 – 1 Ajay Santosh (Hindiston)
Muhiddin Madaminov 0 – 1 Hari Madhavan (Hindiston)
Bahrom Bahrillaev 1 – 0 Xosa Gabriel Kardoso (Kolumbiya)
11. Bahrom Bahrillaev - 2,5
20. Javohir Sindarov - 2,5
30. Abdimalik Abdusalomov - 2
48. Ortiq Nig‘matov - 2
72. Shamsiddin Vohidov - 2
89. Afruza Hamdamova - 1,5
92. Muhammadzohid Suyarov - 1,5
97. Humoyun Bekmuratov - 1,5
103. Saidakbar Saydaliev - 1,5
Ma’lumot uchun, shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha bahslar yakuniga etdi. 150 shaxmatchi ishtirok etgan bu yo‘nalishda Javohir Sindarov 8.5 ball bilan 7-o‘rinni band etdi. E’tiborli tomoni shundaki, qo‘shni Tojikiston Farruh Amanatov 9.5 ball bilan blits yo‘nalishi g‘olibiga aylandi.
Vakillarimiz to‘plagan ballar va jadvaldagi o‘rni bilan ham tanishing:
...
7. Javohir Sindarov - 8,5;
9. Abdimalik Abdusalimov - 8,5;
13. Shamsiddin Vohidov - 8;
33. Muhiddin Madaminov - 7,5;
40. Saidakbar Saydaliev - 7,5;
44. Nodirbek Yakubboev - 7;
46. Ortiq Nig‘matov - 7;
74. Shamsiddin Sayyid Usmon - 6,5;
87. Afruza Hamdamova - 6,5.
Bundan tashqari, blits U-16 bahslarida ham bir qator hamyurtlarimiz dona surdi. Jumladan, Humoyun Begmuratov 9 ball bilan ushbu yo‘nalishda 4-o‘rinni band etdi. 1-o‘rin esa 10 ball to‘plagan hindistonlik Asvat tomonidan egallandi.
Vakillarimiz to‘plagan ballar va jadvaldagi o‘rni bilan ham tanishing:
...
6. Akobirxon Saydaliev - 9 ball;
18. Bahrom Bahrillaev - 8;
27. Akbar Yakubboev - 7.5;
28. Behruz Qudratov - 7.5;
29. Ikromjon Halilov - 7.5;
42. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 7;
69. Asilbek Abdulazizov - 7;
71. Usmonxon Tohirjonov 7;
139. Asabdek Abdulazizov - 6;
O‘z navbatida blits yo‘nalishi g‘olibi 2000 AQSh dollariga ega chiqsa, blits U-16'da zafar quchgan yosh shaxmatchi 700 AQSh dollarini qo‘lga kiritadi.
"Open A" yo‘nalishida hozircha 3 tur ortda qolgan (3/9) bo‘lib, unda 3 ochkoga ega Mandar Pradip peshqadamlik qilmoqda. Bu erda hozircha vakillarimizning natijalari maqtovga arzigulik emas.
....
38. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 2;
82. Akobirxon Saydaliev - 2;
88. Shamsiddin Sayyid Usmon - 2;
99. Shahnoza Sabirova - 1,5;
101. Mumtozbegim Mansurova - 1,5;
102. Ikromjon Halilov - 1,5;
"Open B". Mazkur guruhda (3/9) vakillarimiz peshqadamlar orasida. Jumladan, 3 nafar shaxmatchimiz peshqadam bilan bir xil ochko to‘plagan.
...
5. Behruz Qudratov - 3 ball;
8. Arjin Muqumov - ball;
13. Anvar Yakubboev - 3 ball;
29. Xudoyor Maraimov - 2.5;
62. Murodbek Iskandarov - 2;
80. Azizjon Abdukarimov - 2 ball;
83. Asilbek Abdulazizov - 2 ball;
112. Usmonxon Tohirjonov - 2 ball;
142. Asadbek Abdulazizov - 1.5 ball.
Ushbu turnirning yana bir o‘ziga xosligi unda oilaviy jamoalar ham ishtirok eta olgani bo‘ldi. Oilaviy bahslarda jami 4 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etgan Sharma jamoasi 1-o‘rinni band etdi.
2-o‘rin O‘zbekistondan kelgan Yakubboev jamoasiga nasib qildi. Bundan tashqari yana bir nechta jamoalarimiz ham "Families group"da munosib ishtirok etdi.
...
23. Kokand;
27. Abdulazizov;
42. Tohirjonov.
Fikrlar