
"Adu-Dhabi Chess Festival" - Shaxmatchilarimizning turnir davomidagi natijalari bilan tanishing
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida 30-Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 63600 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi Masters, Open A, Open B hamda Juniors guruhlarida bellashmoqdalar. Bundan tashqari blits yo‘nalishi bo‘yicha oilaviy jamoalar o‘rtasida ham bahslar tashkil qilingan. Unda yosh shaxmatchilarimiz Asmiraxon, Asmina, Asadbek va Asilbek Abdulazizovlar ham munosib ishtirok etishmoqda.
Xamyurtlarimizning dastlabki oilaviy jamoalar o‘rtasida qayd etgan natijalari bilan tanishing:
1-tur
Asadbek Abdulazizov 1/2-1/2 Paxlavansadeh Xuseyn
Asmina Abdulazizova 0-1 Xudoyor Mayramov
Avxad Praxval 1-0 Asmiraxon Abdulazizova
Minu Nimit 0-1 Asilbek Abdulazizov
2-tur
Asilbek Abdulazizov 0-1 Delloro Noli
Favaz Mohamad 1-0 Asadbek Abdulazizov
Omar Alhashmi 0-1 Asmina Abdulazizova
Asmiraxon Abdulazizova 0-1 Sarah Abdulaziz Alali
Qayd etish lozim, mazkur turnirda ko‘plab hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda. Jumladan, kecha bo‘lib o‘tgan 2-turda 14 nafar shaxmatchimizdan 7 nafari g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Quyida hamyurtlarimizning 2-turda qayd etgan natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Mukumov Arjin (O‘zbekiston) 1 - 0 Alezama Aisha (Iordaniya)
Abdulazizov Asilbek 0 - 1 Delloro Noli (Filipin)
Qudratov Behruz 1 - 0 Al Qassabi (Qatar)
Maraimov Xudoyor 1 - 0 Sarfudeen Parapurayl (Hindiston)
Yakubboev Akbar 1 - 0 Durapad Lohidas (Hindiston)
Abdukarimov Azizjon 0 - 1 Sahil Sanjay (Hindiston)
Tohirjonov Usmonxon 0 - 1 Daniel Beifus (Angliya)
Iskandarov Murodbek 1 - 0 Anat Al Aisae ( Ummon)
Favaz Mohamad 1 - 0 Abdulazizov Asadbek
Abdulazizova Asmina 1 - 0 Omar Al Hashmi (Iordaniya)
Abdulazizova Asmiraxon 0 - 1 Abdulaziz Alali (BAA)
Doniyor Rahimov 0 - 1 Subramanian Abhinav (Hindiston)
To‘laganova Fazilat 0 - 1 Basu Sanchalak (FIDE)
Shavkatova Shahnoza 1 - 0 Alhaldi Gait (Suriya)
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnir jami 9 tur davom etadi. 3-tur bahslari esa ertaga start oladi.
2-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Musobaqa 24 avgustga qadar davom etadi. Keyingi bahslarda shaxmatchilarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar