Abraxamga zo‘r xaridor chiqdi. “Roma” uni sotishga rozi!

  • 11 may, 2022, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” kelganidan keyin to‘purarlik qobiliyati qayta porlay boshlagan Temmi Abraxam yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Evropa matbuotining yozishicha, 24 yoshli hujumchiga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Kanonirlar” bilan hamkorligini uch yilga uzaytirgan bosh murabbiy Mikel Arteta kelasi mavsum jamoasini Chempionlar ligasida ishtirok etishga tayyorlayapti.

Yozda jamoani ikki hujumchi – Aleksandr Lyakazett va Eddi Nketia tark etishi kutilyapti. Arteta ularning o‘rniga asosiy to‘purar sifatida Temmi Abraxamni olib kelmoqchi.

“Roma” bu transferga qarshi emas. Klub mutasaddilari 80 million evrodan boshlanadigan jo‘yalt taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Demak, yozda Temmi Abraxamning ham bozori qiziydigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!