
Abraxam "Milan"ga o‘tish ehtimoli yuqori
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini Italiyaning boshqa bir jamoasi "Milan"da davom ettirishi mumkin. U milanliklar bilan kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, klublar muzokaralarni boshlagan. Ushbu transferga "Milan" Aleksis Saelemakersni ham qo‘shib bermoqchi. Keyingi soatlarda hammasi aniq bo‘ladi, deydi jurnalist.
Abraxam uchun "Vest Xem" ham kurashayotgandi, lekin londonliklar kurashdan chiqqan. Klub bu transferdan voz kechdi va hujumchi APLga qaytishi qiyin masala.
Fikrlar