
Abraxam agentini muhim xabardan ogohlantirdi
Londonning “Arsenal” klubi yozda “Roma” hujumchisi Temmi Abraxamni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq CalcioMercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli angliyalik futbolchi mish-mishlarga qaramasdan, Rim klubida qolmoqchi. U hatto agentini ham bundan ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan taqdirda, hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun aynan Abraxamni sotib olishni va buning uchun “Roma”ga 60 million evro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Temmi Abraxam joriy mavsum “Roma” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi. Uning "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar