
Abidal "Barselona"ga Fekirni olib kelmoqchi
“Barselona” klubi sport direktori Erik Abidal "Lion"dagi hamyurti Nabil Fekirni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar “Lion”dan ketmoqchi bo‘lib yurgan 26 yoshli frantsiyalik futbolchini o‘z tarkiblariga qo‘shib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fekir Ispaniyaning boshqa bir klubi – “Betis”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Nabil Fekir o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar