
Abduvohid Ne’matov Superliganing eng qimmat futbolchisiga aylandi
"Transfermarkt" portali O‘zbekiston Superligasi va Pro Liga klublari futbolchilarining narxini yangiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "ajdarlar" posboni hisoblangan Abduvohid Nematovning narxi 600 ming evroga ko‘tarildi va hozirda 1.5 million evro etdi.
Ne’matov ayni damda chempionatimizning eng qimmat futbolchisiga aylandi. 23 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum Superligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta to‘pni darvozasidan olib chiqqan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Nasaf"ning yani bir muhim futbolchisi Akmal Mozgovoyning narxi 300 ming evroga ko‘tarilib, hozirda 1.3 million evroga etdi. Bundan tashqari, "So‘g‘diyona"ning liderlaridan biri Lyupcho Doriev va "Surxon"ning iste’dodli hujumchisi Abdug‘ofur Haydarovlarning narxiga ham 300 ming evrodan qo‘shildi. Hozirda Dorievning narxi 1.2 million bo‘lsa, Haydarovning qiymati 350 ming evro.
"Dinamo"ning qirg‘izistonlik hujumchisi Joel Kojo ham bu mavsum ajoyib mavsum o‘tkazdi. Uning narxi 250 ming evroga ko‘tarilib, hozirda 700 ming evroga etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" himoyachisi Sherzod Narsullaevning bahosi 200 ming evro yuqorilagan holda 1.2 million evroga etdi. Bundan tashqari, "So‘g‘diyona" vakillari Islom Qobilov va Vladimir Yovovich, "Dinamo" vingeri Hislat Halilov hamda "Neftchi" futbolchisi Bilolxon Toshmirzaevlarning ham narxi 200 ming evroga ko‘tarildi.
Fikrlar