Abdusalom Azizov O‘FAda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda murabbiylar kelishilgan o‘yinlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirildi (Foto)

  • 14 may, 2021, 23:21
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov boshchiligida ijroqo‘m yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Shuningdek, terma jamoalarning mas’uliyatli o‘yinlar oldidan tayyorgarlik rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston mezbonlik qiladigan OFK tasnifidagi yirik turnirlarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish masalasi ilgari surildi. Terma jamoalar uchun zamonaviy infratuzilma qurilishi jarayoni bo‘yicha ma’lumot berildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2021-05-14_21-02-37

Shundan so‘ng Abdusalom Abdumavlonovich barcha klublar rahbarlari va bosh murabbiylari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda O‘FA rahbariyati tomonidan har bir jamoada mavjud muammolar tinglandi. Ularni moddiy va tashkiliy masalarda qo‘llab-quvvatlash mavzusi ko‘tarildi.

photo_2021-05-14_21-02-39

Shuningdek, so‘nggi paytlarda chempionatlarda ko‘p uchrayotgan tartibsizliklar tanqid qilindi. Murabbiylar kelishilgan o‘yinlar kabi illatlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirildi. Klublar vakillari tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalarda O‘FA mas’ullariga topshiriqlar berildi.

Trenerlar malakasini oshirish, klubda rahbar va murabbiy vakolatlarini tartibga keltirish, yosh futbolchilar etishtirishga yana-da jiddiy e’tibor qaratish, saviyasiz legionerlar muammosini bartaraf etish, VAR tizimini takomillashtirish hamda stadionlarning yoritish uskunalarini jahon standartlariga moslash kabi masalalarda vazifalar belgilandi.

photo_2021-05-14_21-02-36

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/05/2021 00:12
Ha deb bular bulmas yigilish utkazmasdan. maydonga halol uyinga quyib ber buldi. oddiy misol ayrim Sudiyala kerakli vaqt charchap qolapti va ayrim epizotlarni utkazib yuborapti. eng kulgilisi. qanday mamentka Raqib jamoaga penalti bermaydi. lekin undanda oddiy mamentka penalti beradi. Oddiy Bunyotkor Nasaf uyinniga uyinchini quliga tup tegdi kurdi lekin endamay utib ketdi bulmasa himoyachi tupni yunalishi uzgarterdi. keyin qul elkadan balan holga tupka tegdi. bermadi penaltini. oldin uyin tempini uyinchila yotib olib chuzsa. Bunyotkor Nasaf uyiniga Sudiya har safar Nasaf uyinni tezlashtergan zahoti uyinni tuhtatib turadi. Nasaf hammaga ayon. kuchani uyinni qilmaydi. Nasaf pazitson hujimla oldindan uylap quyilgan taktikalar bilan gol uradi. Ayrim kamandalarga uhshap sentrdan tup tepadi. 16 ichiga gol bulsa gol bulmasa shu hech bulmaganda himoyachiga tegib gol buladi hujimchilari buyi uzun shularga ishonib tepadi. gol bulmasa ham hech bulmasa tup raqib jamoa maydoniga bulsa katta baht. ulaga. Nasaf esa 90 minut reja asosiga fudbol uynaydi.
Akbarali Abdunazarov
15/05/2021 13:37
Футболда 1-2 тасини камаб, хеч булмаса уй камоги килиб жазолаш керак, шунда бир таьсири булар, сифатсиз лигионерлардан воз кечиш керак, улар билан келишиш бор, ундан кура узимизни ешларга эьтибор берса яхши булади, канча куп уйнатса шунча очилади, судьяларчи 10 минутлаб Варни томоша килишни бас килиш керак, Пахтакор Навбахор уйинида белгиланган пенальти гирт ахмокчилик, канча туполон келиб чикди, битта ахмок судьянинг карорига асосан, Сугдиена Турон учрашувида белгиланган пенальти, Бунедкор Насаф уйинида белгиланмаган пеналтичи буларга ким жавоб беради, Р.Эрматов яхши инсон булиши мумкин, лекин ундан яхши рахбар чикмас экан! ХАР бир клубни аудит текширувидан утказиш керак!
Abbos Axmedov
15/05/2021 12:00
Ўзбекистонда хололик йўқда хаммаси бир гор лутивозлик кўзбўямачилик бу йиғилишидан мано мантиқ юқ судиялари ўша твар ва яна ўша тварлар поколенияси давом эта веради