Abdurasul Ismoilovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!

  • 9 aprel, 2024, 15:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

5 may kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu kechada ikki nafar o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi ham ringga ko‘tariladi. Olimjon Nazarovning o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini himoya qilishi borasida xabar bergan edik. Bizga ma’lum bo‘lishicha, yana bir bokschimiz Abdurasul Ismoilov ham ushbu oqshomda jang qiladi. Unga Filippin vakili Al Toyagan raqiblik qiladigan bo‘ldi. Jang engil vazn (61,2 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Ismoilovning  professional rekordi (11-2,7 KO) Toyoganning ko‘rsatkichi (14-9-2,9 KO) ko‘rinish olgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!