Abduraimovni Latviyaga chaqirishdi

  • 15 avgust, 2021, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolida ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri Azamat Abduraimov tez orada Latviyaga safar uyushtirishi mumkin. Bu haqda u o‘zinnig feysbukdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

“Menga Latviya futbol federatsiyasidan taklifnoma keldi. Bunda men bilan Ravshan Ermatovni Latviya futbolining 100 yillik yubileyiga taklif qilishgani bayon etilgan. 21 avgust kuni esa Latviya futboli yulduzlari jahon futboli yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Darvoqe, jahon terma jamoasi tarkibida bizning ham odam bor. U Muhsin Muhammadievdir”, - deya yozadi, Abduraimov.  

Bunga qadar Azamat Abduraimov pro-ligada “Yangier” jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgandi. Keyinchalik ushbu klubni tark etgani ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!