Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat himoyachisi!

  • 27 oktabr, 14:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov (35 million evro) Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Osiyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi.

Tecno

Ushbu nashr Bundesligada to‘p surayotgan futbolchilarning narxini yangiladi. Natijada “Bavariya”ning janubiy koreyalik himoyachisi  Kim Min Dje qiymati 40 million evrodan 32 million evroga tushdi va Husanov ro‘yxatning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir jarohati sabab “shaharliklar” safida bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi. Biroq so‘nggi kunlarda uning safga qaytgani haqida xabar berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!