
Abduqodir Husanov "CAFA Nations Cup 2025" turnirini o‘tkazib yuboradi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Abduqodir Husanov O‘zbekiston Milliy terma jamoasi eg‘inlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiya (UFA) xabar berdi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov kecha "Manchester Siti" safida "Brayton"ga qarshi uchrashuv paytida o‘zini noqulay his qilgandi. Tekshiruvlardan so‘ng futbolchimizning chap oyoq boldir mushagida kichik jarohat borligi aniqlangan.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, tiklanish muddati 2 haftani tashkil etishi kutilmoqda. Shifokorlarning tavsiyasiga binoan Husanov "CAFA Nations Cup" turnirida ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi",- deyiladi UFA bayonotida.
Fikrlar