
Abdumalik Xalokov ketma-ket ikki bor jahon chempioni bo‘ldi, Navbahor Hamidova esa...
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirib keldi.
Hamyurtimiz Abdumalik Xalokov ham chempionga aylandi. Bokschimiz finalda braziliyalik Luiz Oliveirani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Vakilamiz Navbahor Hamidova musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bokschimiz finalda qozog‘istonlik Aida Abikeevaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Akmaljon Isroilov va Teagn Stott (Angliya) jangi kutmoqda.
Fikrlar