Abdumalik Xalokov ispaniyalik bokschiga hech qanday imkon qoldirmadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
-60 kg vaznda ringga ko‘tarilgan sportchimiz Abdumalik Xalokov 5:0 hisobida ispaniyalik Enrike Kakulovni taslim etib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Fazliddin Erkinboev va Vakhtang Xarutyunyan (Armaniston) qarama-qarshiligi kutib turibdi.



Fikrlar