
Abdixoliqovning "Ordabasi"da yiliga qancha maosh olishini bilasizmi?
Biroz avval "Ordabasi" futbolchisi sifatida tanishtirilgan Bobir Abdixoliqovning jamoada qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Qozog‘iston klubi safida yiliga 300 ming dollar ishlab topadi. Bu mahalliy futbolchilar oladigan maoshdan ancha yuqori ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi chimkentliklar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkan.
Fikrlar