
A Seriyada fevral oyining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi (FOTO)
“Bolonya” ustozi Tiago Motta Italiya A Seriyasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Maxsus sovrin Mottaga “Latsio” bilan o‘yindan oldin taqdirlanadi. Aytish kerakki, Tiago boshqaruvidagi “Bolonya” o‘tgan oy “Fiorentina”, “Sampdoriya” va “Inter”ni mag‘lub etdi, ammo “Montsa”ga imkoniyatni boy berdi.
Hozirda “Bolonya” Italiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi. Ushbu jamoa navbatdagi uchrashuvini A Seriyaning 26-turida "Latsio" jamoasiga qarshi 11 mart kuni o‘tkazadi.
Fikrlar