
A Seriya. "Yuventus" kutilmaganda o‘z maydonida chempionat debyutantiga mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina Italiya A Seriyasining 28-turidan o‘rin olgan “Yuventus” hamda “Benevento” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Turindagi bellashuv kutilmaganda 0:1 hisobida mezbonlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. “Benevento”ga g‘alaba keltirgan yagona golni Adolfo Gaych (69') kiritdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Yuventus” 55 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, “Benevento” o‘zi egallab turgan 16-pog‘onani yanada mustahkamlab oldi.
Fikrlar