
A Seriya. "Yuventus" kichik hisobda g‘alaba qozondi
A Seriyaning 28-turida "Yuventus" "Verona"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Moyze Kin 55-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. O‘yinning qolgan daqiqalarida boshqa gol urilmadi.
Minimal hisobda g‘alaba qozongan "Yuventus" turnir jadvalida 7-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. Klub 4-o‘ringa chiqishi uchun yana 4 ochko kerak bo‘ladi.
Fikrlar