
A Seriya. Tarkibida Riberi va Kutrone bo‘lgan "Fiorentina" kutilmaganda o‘z maydonida debyutantga yutqazib qo‘ydi
Bundan biroz avval, Italiya A Seriyasining 8-turidan o‘rin olgan “Fiorentina” hamda “Benevento” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Florentsiyada kechgan bellashuv kutilmaganda maydon egalarining 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Mehmonlarning yagona goliga Improta mualliflik qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng, “Fiorentina” va “Benevento” musobaqa jadvalida o‘zaro o‘rin almashdi. Aniqrog‘i, debyutant “Benevento” endi 13-pog‘onadan, “binafsharanglilar” 14-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar