
A Seriya. Shomurodov faol harakat qilgan bahsda "Roma" g‘alaba qozondi (Videosharh)
A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan "Parma" - "Roma" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Sule jarima zarbasidan yagona golni urdi. Undan sal oldinroq esa Shomurodov argentinalik vingerga ajoyib pas bergandi va Leoni fol ishlatib, qizil kartochka olgandi. Eldor ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan rimliklar turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar