
A Seriya. Shomuordov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda "Spetsiya" durang o‘ynadi
Italiya A Seriyasi 25-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Verona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur o‘yinning 75-daqiqasida Agudelo o‘rniga maydonga tushdi.
Ayni vaqtda spetsiyaliklar A Seriya turnir jadvalida 21 ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi. 18 ochkosi bor "Verona" 18-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar