
A Seriya. Shiddatli va gollarga boy kechgan derbida "Yuventus" "Torino"ni taslim etdi
A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Torino" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi.
"Zebralar" safida gollarni Kuadrado, Danilo, Bremer va Rabo kiritdi. "Buqalar"ning ikki goli esa Karamo hamda Sarabiya nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Yuve" ochkolari sonini 35 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt jadvalda 7-o‘rindan joy olgan. "Torino" hisobida hozircha 31 ochko mavjud. Klub 9-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar