
A Seriya nega "Yuventus" - "Napoli" bahsini qoldirmaganini izohladi
A Seriya direktori Luiji de Servo nega “Yuventus” – “Napoli” uchrashuvi keyinroqqa qoldirilmaganini quyidagicha izohladi.
“Bizning vazifamiz chempionatni o‘z muddatida yakunlash, shu sababli bizda "Yuventus" - "Napoli" o‘yinini keyinga qoldirishning iloji yo‘q edi. Protokol o‘z kuchida va hamma shu bunga amal qilishi kerak.
Liganing "Napoli"da bo‘lgan voqealarga aloqasi yo‘q. Bizga klub tomonidan berilgan ma’lumotlar uchrashuvni keyinga qoldirishga etarli darajada asos bo‘lmadi. Biz tibbiy protokolga rioya etishimiz va hurmat qilishimiz kerak”.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya "Napoli"ga texnik mag‘lubiyat yozdi va yana bir ochko olib qo‘ydi.
Fikrlar