
A Seriya. "Milan" safarda mag‘lubiyatga uchradi
A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Milan" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Matchda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Gonzales 49-daqiqadan 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi. 87-daqiqada Yovich oradagi farqni ikkitiga etkazib qo‘ydi. Milanliklar safidan Teo Ernandes javob golini urdi.
Mag‘lubiyatga uchragan "Milan" turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar