
A Seriya. "Milan" minimal hisobda g‘alaba qozonib, "Napoli"dan o‘tib ketdi
A Seriyaning 13-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Fiorentina" uchrashuvi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona golni Teo Ernandes urdi. Himoyachi birinchi taym so‘nggida penaltinin aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Shu tariqa, "Milan" ochkolari sonini 26 taga etkazib oldi va 3-o‘ringa qaytdi.
Fikrlar