A Seriya. "Latsio" "Parma" ustidan zafar quchdi. "Atalanta" esa Skamakkaning dubli evaziga "Kalyari"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Italiya A Seriyasining 15-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rimning "Latsio" klubi safarda "Parma" bilan to‘qnash kelib, minimal 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. To‘qnashuvdagi yagona va g‘alaba goli 82-daqiqada kiritildi va unga Tijani Noslin mualliflik qildi.
Bergamoning "Atalanta" jamoasi esa o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qilib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasidayoq Skamakka hisobni ochgan edi, lekin 75-daqiqada Janluka Gaetano farqni yo‘qqa chiqazgan holda, hisobni tenglashtirdi. Biroq, oradan 6 daqiqa o‘tib, Skamakka dublni rasmiylashtirdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Parma
Tugadi
0
:
1
13.12.2025 22:00
Latsio
- Tijjani Noslin 82'
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Atalanta
- Gianluca Scamacca 81'
- Gianluca Scamacca 11'
Tugadi
2
:
1
00:45
Kalyari
- Gianluca Gaetano 75'



Fikrlar