
A Seriya. "Latsio" kambek qurboni bo‘ldi
A Seriya 17-turidan o‘rin olgan "Latsio" - "Empoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 2-daqiqada Felipe Anderson bellashuvda hisobni ochdi. 54-daqiqada Zakkani farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 83-daqiqada Kaputo hamda asosiy vaqtda qo‘shib berilgan daqiqalarda Marin kiritgan gol o‘yin durang natija bilan yakunlanishini ta’minlab berdi.
31 ochkosi bor "burgutlar" A Seriya turnir jadvalida 5-o‘rinni band etgan. 19 ochkosi bor "Empoli" 13-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar